Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xonliklar davrida jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV muzeyi boshlig‘i mayor Elbek Normo‘minov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati barcha davrlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning tinch-osoyishta hayotini hamda davlatning barqaror rivojlanishini taʼminlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lganligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishni targ‘ib etuvchi “Eng yaxshi videorolik” ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.